— onlayn
//
TP.uz — TalabaPay

Haqida

Assalomu alaykum, qadrdonlar.

Siz ushbu saytda mazkur yozuvlarni oʻqib turgan ekansiz, demak, taʼlimga befarq emassiz. Chunki bu loyiha aynan taʼlimni qoʻllab-quvvatlash gʻoyasi bilan ishga tushirilgan.

Meni uzoq vaqtdan buyon kuzatadigan insonlar biladiki, imkonim boʻldi deguncha, talabalarni har tomonlama, xususan, moddiy qoʻllab-quvvatlashga harakat qilaman. TalabaPay loyihasi ham shu yoʻldagi navbatdagi qadam.

Yaqinda outbid.lol manzilida bir platforma ishga tushdi. Unda kompaniyalar shunchaki reytingda oʻrin egallash uchun badal toʻlashni boshladi. Hozirgacha loyiha 236 ming AQSh dollari mablagʻ yigʻdi. Keyinroq shunday loyiha bizda ham sindr.uz manzilida ishga tushdi. Qisqa vaqtda 30 mln soʻmdan koʻproq mablagʻ yigʻildi.

Bu kabi loyihalarni koʻrishim bilan xayolimga birinchi kelgan fikr shunda boʻldi: eh, shu pullarni kontrakt toʻlashga ishlatsak zoʻr boʻlardi-da!

Maqsad bor ekan, tayyor gʻoya turgan ekan, nega unda urinib koʻrmaslik kerak, dedim oʻzimga. Va OKS rahbari Zuxriddin Temirovdan texnik tomondan yordam soʻradim. Shunday qilib, hozir siz koʻrib turgan tp.uz platformasi dunyoga keldi.

Siz qancha istasangiz, xohlang 100 ming soʻm, xohlang 1 mln soʻm, farqi yoʻq, shuncha toʻlang. Gap reytingda nechanchi oʻrinda turganingizda ham emas, gap kompaniyangiz katta-kichikligida ham emas, gap oʻzi sizda kompaniya bor yoki yoʻqligida ham emas.

Gap sizning taʼlimga befarq emasligingizda! Gap sizning bagʻrikeng va saxiy inson ekanligingizda!

Ushbu loyiha orqali mablagʻ yuborgan barcha kompaniyalar va barcha insonlarga katta rahmat! Sizlar bilan faxrlanaman.

Xushnudbek Xudayberdiyev
Hurmat bilan, tp.uz platformasi tashabbuskori
Xushnudbek Xudayberdiyev

Bugungi holat

51.43 mln
yigʻildi
5
talaba
132
hissa
#1
Sizning oʻrningiz — #1
10 002 000 soʻm